KIBER BEZORILIK FENOMENI: HUQUQIY TABIATI,TERGOV QILISH XUSUSIYATLARI VA JINOIY JAVOBGARLIKNI MUSTAHKAMLASH MASALALARI
DOI:
https://doi.org/10.71274/1b9z5n65Keywords:
kiber bezorilik, jamoat tartibi, raqamli dalillar, informatsion-telekommunikatsiya tarmoqlari, tergov taktikasi, 277-modda, kvalifikatsiya, ijtimoiy tarmoqlar.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada informatsion-telekommunikatsiya tarmoqlari orqali sodir etiladigan bezorilik (kiber bezorilik) fenomenining huquqiy tabiati, uning kriminalistik xususiyatlari, tergov qilish amaliyotida yuzaga keladigan muammolar hamda mazkur xatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlikni mustahkamlash istiqbollari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi jinoiy faoliyatning elektron muhitga ko'chishiga sabab bo'lmoqda, bu esa an'anaviy bezorilik jinoyati doirasiga kirmaydigan yangi xatti-harakat turlarining paydo bo'lishiga olib keldi. Tadqiqotda kiber bezorilikning doktrinal tushunchasi asoslangan, uning asosiy ko'rinishlari tasniflangan va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi bo'shliqlar aniqlangan. Shuningdek, MDH davlatlari hamda Yevropa mamlakatlari qonunchiligining qiyosiy tahlili asosida mazkur soha tartibga solinishining xalqaro tajribasi umumlashtirilgan. Maqolaning amaliy qismida raqamli dalillar — videokuzatuv yozuvlari, mobil aloqa ma'lumotlari va ijtimoiy tarmoq materiallari bilan ishlash taktikasi yoritilgan. Yakunda kiber bezorilik uchun jinoiy javobgarlikni mustahkamlash bo'yicha ikki muqobil qonunchilik varianti va bosqichma-bosqich yondashuv taklif etilgan.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.



