SOG‘LOM TURMUSH TARZI: TALABA - YOSHLAR QARASHLARI

Main Article Content

Lutpullayev Bunyod Ismatilayevich

Abstract

Salomatlik – inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, shaxsning hech kim dahl qila olmaydigan huquqi, o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiy va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi garovidir. Ma’lumki, jamiyatimizda inson salomatligi, jismoniy barkamolligi, sog‘lom turmush tarzi madaniyatiga egaligi o‘ta muhim ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. Millat salomatligini ta’minlash, xalq genofondini bekamu-ko‘st saqlash sog‘lom turmush tarzi tufayligina yetarlicha ijobiy tarzda hal etiladi. Bu esa, jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari; oila, o‘quv-tarbiya maskanlari, mahalla hamda mustaqil ta’lim oldiga jamiyatimiz fuqarolariga sog‘lom turmush tarzi mazmuni va mohiyatini anglatish, yoshlarni sergak va bilimdon, barkamol shaxs qilib tarbiyalash masalasini ko‘ndalang qilib qo‘yadi.

Article Details

How to Cite
Lutpullayev Bunyod Ismatilayevich. (2024). SOG‘LOM TURMUSH TARZI: TALABA - YOSHLAR QARASHLARI. Uzbek Scholar Journal, 29, 1–4. Retrieved from https://uzbekscholar.com/index.php/uzs/article/view/940
Section
Articles