KIBER BEZORILIK FENOMENI: HUQUQIY TABIATI,TERGOV QILISH XUSUSIYATLARI VA JINOIY JAVOBGARLIKNI MUSTAHKAMLASH MASALALARI

Authors

  • Ibragimov Sirojidddin Bakpo'latovich Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasi "Tergov faoliyati" mutaxassisligi tinglovchisi

DOI:

https://doi.org/10.71274/1b9z5n65

Keywords:

kiber bezorilik, jamoat tartibi, raqamli dalillar, informatsion-telekommunikatsiya tarmoqlari, tergov taktikasi, 277-modda, kvalifikatsiya, ijtimoiy tarmoqlar.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada informatsion-telekommunikatsiya tarmoqlari orqali sodir etiladigan bezorilik (kiber bezorilik) fenomenining huquqiy tabiati, uning kriminalistik xususiyatlari, tergov qilish amaliyotida yuzaga keladigan muammolar hamda mazkur xatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlikni mustahkamlash istiqbollari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi jinoiy faoliyatning elektron muhitga ko'chishiga sabab bo'lmoqda, bu esa an'anaviy bezorilik jinoyati doirasiga kirmaydigan yangi xatti-harakat turlarining paydo bo'lishiga olib keldi. Tadqiqotda kiber bezorilikning doktrinal tushunchasi asoslangan, uning asosiy ko'rinishlari tasniflangan va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi bo'shliqlar aniqlangan. Shuningdek, MDH davlatlari hamda Yevropa mamlakatlari qonunchiligining qiyosiy tahlili asosida mazkur soha tartibga solinishining xalqaro tajribasi umumlashtirilgan. Maqolaning amaliy qismida raqamli dalillar — videokuzatuv yozuvlari, mobil aloqa ma'lumotlari va ijtimoiy tarmoq materiallari bilan ishlash taktikasi yoritilgan. Yakunda kiber bezorilik uchun jinoiy javobgarlikni mustahkamlash bo'yicha ikki muqobil qonunchilik varianti va bosqichma-bosqich yondashuv taklif etilgan.

Downloads

Published

2026-04-27

Issue

Section

Articles

How to Cite

KIBER BEZORILIK FENOMENI: HUQUQIY TABIATI,TERGOV QILISH XUSUSIYATLARI VA JINOIY JAVOBGARLIKNI MUSTAHKAMLASH MASALALARI. (2026). Uzbek Scholar Journal, 51, 143-152. https://doi.org/10.71274/1b9z5n65

Similar Articles

21-30 of 106

You may also start an advanced similarity search for this article.