JON STEYNBEK ASARLARIDA INSON RUHIYATI: UMIDSIZLIK VA UMID O‘RTASIDAGI ZIDDIYAT

Authors

  • Rahimov Rafiq Nodirjon o'gli Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71274/3mda3y12

Keywords:

inson ruhiyati, umidsizlik, umid, psixologik inqiroz, axloqiy tanlov, ruhiy izolyatsiya, ma’naviy tiklanish, Jon Steynbek.

Abstract

Mazkur maqolada Jon Steynbek romanlarida inson ruhiyati, xususan, umidsizlik va umid o‘rtasidagi psixologik ziddiyat muammosi tahlil qilinadi. Tadqiqot «Bizning norozilik qishimiz», «Konserva qatori» hamda «Noma’lum xudoga» romanlari asosida olib borilib, qahramonlarning ruhiy izdan chiqishi, axloqiy tanlov, ichki bo‘linish va ma’naviy tiklanish jarayonlari o‘rganiladi. Maqolada yozuvchi insonni ijtimoiy bosim qurboni sifatida emas, balki ichki evolyutsiya jarayonida shakllanuvchi shaxs sifatida tasvirlashi asoslanadi. Umidsizlik ruhiy inqiroz bosqichi sifatida talqin qilinib, umid esa ongli ravishda saqlab qolingan axloqiy va ma’naviy tayanch sifatida izohlanadi. Tadqiqot natijasida Steynbek ijodida umidsizlik va umid qarama-qarshi tushunchalar emas, balki inson ruhiyatining dinamik rivojlanish bosqichlari ekanligi aniqlanadi.

Downloads

Published

2026-02-28

Issue

Section

Articles

How to Cite

JON STEYNBEK ASARLARIDA INSON RUHIYATI: UMIDSIZLIK VA UMID O‘RTASIDAGI ZIDDIYAT. (2026). Uzbek Scholar Journal, 49, 87-90. https://doi.org/10.71274/3mda3y12