MATEMATIKA FANINI O'QITISHDA XALQARO TAJRIBASI VA “AKT” NING QO'LLANISHI
Abstract
Iqtidorli o`quvchilarni o`qitish jarayonida ularni hal etilayotgan yoki yechimi izlanayotgan masalaning nafaqat yechilishi, balki uning amaldagi natijalarini taqqoslash, hozirgi zamon fani nuqtayi nazaridan tahlil qilib borishga o`rgatish lozim. Bu ularning matematika fanidan ta’lim standartlari talablarini o`zlashtirishi bilan bir qatorda, ularda taqqoslay olish, mustaqil fikr yuritish, xotira, iroda, tafakkur ko’nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. O`quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo`llash, ularning dunyoqarashini o`stirishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati beqiyos. Chunki, inson miyasi faqatgina eshitib tushunishdan ko`ra ham ko`rib, ham eshitib tushunishda ko`proq narsani o`z xotirasiga joylay oladi. Axborot-kommumikatsiya texnologiyalaridan doimiy ravishda foydalanish o`quvchilarning esda saqlash qobilyatini, xotirasi hamda nutqini rivojlantirishga ko`maklashadi. Matematika fani o`z salmog`iga ko`ra o`quvchidan ham eslab qolishni, ham mantiqiy fikrlashni talab qiladi. Matematika fanini o`qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bir qator qulayliklarga ega
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.