TALABALARDA AXBOROTLI–INTELEKTUAL KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Abstract
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF 4947 – son farmoniga asosan harakatlar strategiyasida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish kabi vazifalar ta’limni rivojlantirishda eng asosiy diqqat qaratilishi zarur bo‘lgan ishlar sifatida ta’kidlab o‘tilgan. Shuning uchun ham, davlatimizning bosh siyosati ham kelajak avlodning istiqbolini ta’minlashga, zarur shart-sharoit yaratishga, ularni yetuk mutaxassislar qilib ta’lim – tarbiya berishga qaratilgan. Chunki, yoshlarning ta’lim – tarbiyasi zamonaviy o‘qituvchining kasbiy kompetentligi va tayyorgarligiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘liqdir.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.