IJRO HOKIMIYATI TIZIMIDA VAZIRLIKLARNING O'RNI VA KONSTITUTSIYAVIY VAKOLATLARI
DOI:
https://doi.org/10.71274/w4heza09Keywords:
vazirlik, ijro etuvchi hokimiyat, konstitutsiyaviy vakolat, Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi, ma'muriy islohot, hokimiyatlar bo'linishi, davlat siyosati.Abstract
Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyati tizimida vazirliklarning konstitutsiyaviy o'rni hamda ularning huquqiy maqomi tarkibida vakolatlar yig'indisining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya (2023-yil) normalari va PF-269-son (2022) ma'muriy islohotlari kontekstida vazirliklar tushunchasi, ularning Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi o'rni, konstitutsiyaviy va qonuniy vakolatlari, javobgarligi hamda huquqiy tartibga solishni takomillashtirish istiqbollari qiyosiy-huquqiy va tarixiy-huquqiy usullar yordamida o'rganilgan. Xorijiy davlatlar (Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya) tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, milliy huquqiy tizim uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasi sifatida "Vazirliklar to'g'risida"gi maxsus qonunni qabul qilish, vakolatlarning takrorlanishini bartaraf etish va KPI tizimini joriy etish bo'yicha asoslangan takliflar ilgari surilgan.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.



