STABLECOINLARNING FUQAROLIK-HUQUQIY TUSHUNCHASI VA HUQUQIY TABIATI

Authors

  • Raximov Jaloliddin Xaitboy o‘g‘li Tezkor qidiruv xizmati terrorizmga qarshi kurashish bolinmasi tezkor vakili katta leytenant

DOI:

https://doi.org/10.71274/d5rp2051

Keywords:

Kriptovalyuta, raqamli aktiv, stablecoin, blokchain, virtual mulk

Abstract

Ushbu tadqiqotda raqamli iqtisodiyot sharoitida stablecoinlarning rivojlanishi, ularning global moliyaviy tizimdagi o‘rni hamda fuqarolik-huquqiy munosabatlarga ta’siri tahlil qilinadi. Stablecoinlar qiymati barqaror aktivlarga bog‘langan raqamli vosita sifatida nafaqat kriptoaktivlar bozorining muhim qismi, balki zamonaviy to‘lov va hisob-kitob tizimining innovatsion elementi sifatida shakllanayotgani asoslab beriladi. Tadqiqotda stablecoinlarning jadal o‘sishi, ularning xalqaro to‘lovlar tizimidagi ahamiyati, shuningdek, ular bilan bog‘liq huquqiy muammolar, jumladan, mulkiy huquqlarni himoya qilish, shartnoma erkinligi va moliyaviy risklarni tartibga solish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish siyosati, xususan stablecoinlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanishni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida raqamli aktivlarni huquqiy jihatdan tartibga solish zarurati, fuqarolik huquqi institutlarini modernizatsiya qilish hamda stablecoinlar uchun samarali huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish dolzarb vazifa ekanligi asoslab beriladi.

Downloads

Published

2026-05-09

Issue

Section

Articles

How to Cite

STABLECOINLARNING FUQAROLIK-HUQUQIY TUSHUNCHASI VA HUQUQIY TABIATI. (2026). Uzbek Scholar Journal, 52, 29-36. https://doi.org/10.71274/d5rp2051

Similar Articles

21-30 of 45

You may also start an advanced similarity search for this article.