STABLECOINLARNING FUQAROLIK-HUQUQIY TUSHUNCHASI VA HUQUQIY TABIATI
DOI:
https://doi.org/10.71274/d5rp2051Keywords:
Kriptovalyuta, raqamli aktiv, stablecoin, blokchain, virtual mulkAbstract
Ushbu tadqiqotda raqamli iqtisodiyot sharoitida stablecoinlarning rivojlanishi, ularning global moliyaviy tizimdagi o‘rni hamda fuqarolik-huquqiy munosabatlarga ta’siri tahlil qilinadi. Stablecoinlar qiymati barqaror aktivlarga bog‘langan raqamli vosita sifatida nafaqat kriptoaktivlar bozorining muhim qismi, balki zamonaviy to‘lov va hisob-kitob tizimining innovatsion elementi sifatida shakllanayotgani asoslab beriladi. Tadqiqotda stablecoinlarning jadal o‘sishi, ularning xalqaro to‘lovlar tizimidagi ahamiyati, shuningdek, ular bilan bog‘liq huquqiy muammolar, jumladan, mulkiy huquqlarni himoya qilish, shartnoma erkinligi va moliyaviy risklarni tartibga solish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish siyosati, xususan stablecoinlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanishni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida raqamli aktivlarni huquqiy jihatdan tartibga solish zarurati, fuqarolik huquqi institutlarini modernizatsiya qilish hamda stablecoinlar uchun samarali huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish dolzarb vazifa ekanligi asoslab beriladi.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.



