SAMBO SPORTIDA KOGNITIV MOSLASHUVCHANLIK VA TEZKOR QAROR QABUL QILISH STRATEGIYALARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.71274/kfkrjk48Keywords:
kognitiv moslashuvchanlik, tezkor qaror qabul qilish, eksperimental psixologiya, kognitiv jarayonlar, antitsipatsiya, taktik tafakkur, sambo, axborotni qayta ishlash.Abstract
Maqola sambo sportchilarida musobaqa faoliyatining ekstremal sharoitlarida kognitiv moslashuvchanlik va tezkor qaror qabul qilish jarayonlarining o‘ziga xos psixologik mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda kognitiv jarayonlarning sport ustalarida va malakasi pastroq sportchilarda qanday namoyon bo‘lishi eksperimental tarzda qiyosiy tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yuqori malakali sambochilarda vaziyatning keskin o‘zgarishiga nisbatan kognitiv moslashuvchanlik (cognitive flexibility) va antitsipatsiya (oldindan ko‘ra bilish) ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, bu bevosita taktik qarorlarning to‘g‘riligi va tezligini ta'minlaydi. Olingan empirik ma'lumotlar yakkakurashchilarning psixologik tayyorgarligini optimallashtirish uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.



