JAZONING INDIVIDUALLASHTIRILISHI-JAZO TAYINLASHNING MUHIM OMILI

Authors

  • Hojiyev Afzalshoh Mardonovich “Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti” Magistranti, Toshkent davlat yuridik universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71274/9rxpnm11

Keywords:

jazoni individuallashtirish, jazo tayinlash, jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi, ayb, jinoyatchi shaxsi, yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlat, adolatlilik, insonparvarlik, qonuniylik tamoyillar.

Abstract

Mazkur maqolada jazoning individuallashtirilishi jinoyat huquqining muhim tamoyili va jazo tayinlash jarayonining asosiy mezoni sifatida tahlil qilinadi. Unda sud tomonidan jazo belgilashda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi, sodir etilish sharoiti, aybdorning shaxsi, uning ayb shakli, motiv va maqsadi, shuningdek jazoni yengillashtiruvchi hamda og‘irlashtiruvchi holatlarning ahamiyati kompleks yondashuv asosida yoritiladi. Maqolada jazoning adolatliligi, insonparvarlik va qonuniylik tamoyillari bilan o‘zaro bog‘liqligi ochib beriladi hamda jazo individuallashtirilishining noto‘g‘ri qo‘llanilishi sud amaliyotida qanday muammolarni keltirib chiqarishi ilmiy-nazariy va amaliy misollar asosida asoslanadi. Shuningdek, milliy qonunchilik va sud amaliyoti tahlili orqali jazo tayinlashda yagona yondashuvni shakllantirish zarurati ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida jazoning individuallashtirilishi nafaqat adolatli hukm chiqarish, balki jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy tiklanish jarayonini ta’minlashning muhim omili ekanligi xulosa qilinadi.

Downloads

Published

2026-02-26

Issue

Section

Articles

How to Cite

JAZONING INDIVIDUALLASHTIRILISHI-JAZO TAYINLASHNING MUHIM OMILI. (2026). Uzbek Scholar Journal, 49, 73-78. https://doi.org/10.71274/9rxpnm11

Similar Articles

11-20 of 662

You may also start an advanced similarity search for this article.