JAZONING INDIVIDUALLASHTIRILISHI-JAZO TAYINLASHNING MUHIM OMILI
DOI:
https://doi.org/10.71274/9rxpnm11Keywords:
jazoni individuallashtirish, jazo tayinlash, jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi, ayb, jinoyatchi shaxsi, yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlat, adolatlilik, insonparvarlik, qonuniylik tamoyillar.Abstract
Mazkur maqolada jazoning individuallashtirilishi jinoyat huquqining muhim tamoyili va jazo tayinlash jarayonining asosiy mezoni sifatida tahlil qilinadi. Unda sud tomonidan jazo belgilashda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi, sodir etilish sharoiti, aybdorning shaxsi, uning ayb shakli, motiv va maqsadi, shuningdek jazoni yengillashtiruvchi hamda og‘irlashtiruvchi holatlarning ahamiyati kompleks yondashuv asosida yoritiladi. Maqolada jazoning adolatliligi, insonparvarlik va qonuniylik tamoyillari bilan o‘zaro bog‘liqligi ochib beriladi hamda jazo individuallashtirilishining noto‘g‘ri qo‘llanilishi sud amaliyotida qanday muammolarni keltirib chiqarishi ilmiy-nazariy va amaliy misollar asosida asoslanadi. Shuningdek, milliy qonunchilik va sud amaliyoti tahlili orqali jazo tayinlashda yagona yondashuvni shakllantirish zarurati ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida jazoning individuallashtirilishi nafaqat adolatli hukm chiqarish, balki jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy tiklanish jarayonini ta’minlashning muhim omili ekanligi xulosa qilinadi.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.



