MUQOBIL INVESTITSIYA JAMGʻARMALARI IQTISODIY O‘SISH UCHUN YANGI HUQUQIY MEXANIZM

Authors

  • Sobitxonov Jaxongir Toshkent davlat yuridik universiteti Tadbirkorlik va korporativ huquq sho‘basi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71274/x8ptn035

Keywords:

muqobil investitsiya jamgʻarmalari, kapital bozori, private equity, venture capital, hedge fund, real estate fund, islomiy moliya, soliq neytralligi.

Abstract

Maqolaning maqsadi O‘zbekistonda muqobil investitsiya jamgʻarmalari uchun zamonaviy huquqiy model ishlab chiqish, uning iqtisodiy o‘sishga taʼsir mexanizmlarini aniqlash va amaldagi normativ bazani xalqaro standartlar bilan qiyosiy baholashdan iborat. Tadqiqot doktrinal-huquqiy, qiyosiy-huquqiy, institutsional hamda statistik tahlil usullariga tayangan. Asosiy manbalar sifatida fondlar va qimmatli qogʻozlar bozoriga oid milliy qonunchilik, kapital bozori bo‘yicha Prezident farmon va qarorlari, rasmiy statistika, Markaziy hujjatlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar va xorijiy regulyatorlar materiallari olindi. O‘zbekistonda investitsiya va pay fondlari bo‘yicha bazaviy qonunchilik mavjud bo‘lsada, professional investorlar uchun yopiq turdagi private equity, venture capital, real estate, infrastructure, private debt va hedge fondlarni qamrab oluvchi maxsus muqobil investitsiya jamg‘armalari rejimi hali normativ jihatdan ajratilmagan. Shu sababli bozor bank krediti, davlat investitsiyasi va korporativ emissiya o‘rtasida yetarli darajada diversifikatsiyalangan kapital ko‘prigiga ega emas. Maqolada O‘zbekiston uchun gibrid model taklif etiladi: alohida Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risidagi qonuni yoki mavjud fondlar qonuniga maxsus bo‘lim, uch turdagi tashkiliy-huquqiy shakl, investorlarni professional va chakana toifalarga ajratish, litsenziyalashning ko‘p pogʻonali tizimi, depozitariy va mustaqil baholash mexanizmi, risk va manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qattiq qoidalar, soliq neytralligi hamda islomiy moliya uchun alohida Shariah-boshqaruv talablari. Maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, u O‘zbekiston kapital bozori islohotlari, milliy investitsiya jamgʻarmasi tajribasi, islomiy moliya islohotlari va qiyosiy muqobil investitsiya jamg‘armalari modellarini yagona normativ-konstruktiv tizimga birlashtiradi hamda namunaviy qonun moddalarini taklif etadi.

Downloads

Published

2026-04-29

Issue

Section

Articles

How to Cite

MUQOBIL INVESTITSIYA JAMGʻARMALARI IQTISODIY O‘SISH UCHUN YANGI HUQUQIY MEXANIZM. (2026). Uzbek Scholar Journal, 51, 196-204. https://doi.org/10.71274/x8ptn035

Similar Articles

11-20 of 44

You may also start an advanced similarity search for this article.