O`SMIRLARDA IJTIMOIY TARMOQLARGA TOBELIKNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Abstract
Bugungi kunda olib borilayotgan isloxotlar va chiqarilayotgan qarorlar biz yoshlar taqdiri uchun nechog‘lik axamiyatli ekanligi xech kimga sir emas. Davlatimiz siyosati har tomonlama yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilganiga barchamiz guvoh bo`lmoqdamiz. Men oliy ta’limda taxsil olar ekanman, bugungi yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlarni koʻrib, mendagi buyuk kelajakka bo‘lgan ishonch tobora ortib borayotganini sezyapman. Biz yoshlarga berilayotgan shart-sharoitlar kishini quvontiradi. Har bir amalga oshirilayotgan islohotlar yoshlarni yanada bilim olishi, izlanishi, sport bilan shug`ullanishini talab etmoqda. Men g`urur va iftihor bilan aytishim mumkunki yoshlarga e'tibor kelajakka e'tibor demakdir. Hozirgi kunda irternet tarmoqlaridan foydalanish kundalik turmushga aylanib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning foydali va samarali tomonlariniham ko`rishimiz mumkun. Masalan mobil telefonlar orqali yaqinlarimiz bilan muloqot jarayonlari ish faoliyatlarini tezlik bilan hal qilishimiz, google, youtube va telegram tarmoqlaridan o`zimizga kerakli bo`lgan malumotlarni tezda olishimiz mumkun. Hozirgi vaqtda talabalar uchun ham qulayliklar yaratimoqda shu jumladan o`quv jarayonlarining model kiridit tizimiga o`tishi malumotlarni elektron shaklida hemis platformasiga joylash, talabalarga qulayliklar tug`dirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarning foydali tomonlari ko`p bo`lganday uning salbiy va dolzarb tomonlariniham unutmasligimiz lozim. Internet bu – xozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi axborot manbaidir. Tabiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matinlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsada, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib bormoqda. Ayniqsa bu ta'sir doirasidan o'smir yoshlar ham yo'q emas.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.