OGAHIY IJODIDA QALB KECHINMALARINING TABIATGA OID ATAMALAR BILAN IFODALANISH XUSUSIYATLARI

Authors

  • Tursunova Dilrabo TDSHU, Turkshunoslik fakulteti, 3-kurs talabasi

Abstract

Bilamizki, O'zbek mumtoz adabiyotida tasvir ifodalari sifatida keng ko'lamda qo'llaniladigan atamalar, jumladan, o'simlik nomlari, zoonimlar, tarixiy shaxslar va joy nomlari (toponimlar) orqali ularning o'xshash yoxud qiyosiy belgi – xususiyatlari, sifatlari yordamida berilgan tushunchaning ta'sir va mazmundorlik xususiyatini oshirish, ijod na'munasini yana da rango-rang ifodalash uchun xizmat qiladi. Lekin ichki his - tuyg'ular va ular orqali yuzaga chiquvchi insonlarning hissiy-emotsional holatlarining ifoda tasviri diqqat bilan e'tibor bersak, tabiatga oid atama va tushunchalar bilan ta'rif etilishi va izohlanishiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Ijodkor salohiyatiga, iqtidori va iste'dodiga tayangan holda tilning lug'at boyligi va so'zlarning ma'no ifodalash xususiyaatlarini inobatga olib, so'zlarni haqiqiy va majoziy ma'nolarida qo'llay olishi ijod na'munasiga sayqal beruvchi omillardandir. Tabiatga oid atamalar degaanda nimalar nazarda tutilishiga kelsak: quyosh, oy, suv, dengiz, daryolar, osmon va osmon jismlari, tog'-u toshlar, mavsumlar (bahor, yoz, kuz, qish), kunning qismlari (sahar, oqshom, kunduz, kecha) va hokazo va ushbu kalimalarning ma'nodoshlari, shuningdek, yo'nalish mumtoz adabiyot ekanligini inobatga olgan holda ushbu so'zlarning arab, fors tillaridagi nomlanishlarini qamrab olishini aytib o'tmog'imiz darkor. Shunday xususiyatlarga boy o'zbek mumtoz adabiyotining Navoiydan keyingi turkiy tildagi adabiy asarlar muallifi sifatida ilk o'rinda tilga olinadigan yetuk namoyondalaridan biri shak-shubhasiz XIX asrda Xorazmda yashab, sermahsul ijod etgan o'zbek adabiyoti vakili Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiydir.

Downloads

Published

2022-12-31

Issue

Section

Articles

How to Cite

OGAHIY IJODIDA QALB KECHINMALARINING TABIATGA OID ATAMALAR BILAN IFODALANISH XUSUSIYATLARI. (2022). Uzbek Scholar Journal, 11, 282-286. https://uzbekscholar.com/index.php/uzs/article/view/485