MAMLAKATLARNING XALQARO EKOLOGIK MAJBURIYATLARINI BAJARISHLARIDA XALQARO NODAVLAT TASHKILOTLARNING ROLI

Main Article Content

Soyibnazarov Nurmuhammad Abdunazar o’g’li
Quronboyeva Shohsanam Shuhrat qizi

Abstract

Mazkur maqola ekologiya sohasidagi xalqaro majburiyatlar va ularning mamlakatlar tomonidan bajarilishi, ekologik nazorat qilish vositalari, jamoatchilik va nodavlat tashkilotlarning ushbu masalalarda o’rni batafsil tahlil qilingan. Bugungi kunda atrof-muhit va uning muhofazasi bilan bog’liq ishlar dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki insoniyat so‘nggi asrlarda sanoat inqilobi va ishlab chiqarish, texnika vositalari rivojlanishi bilan tabiiy muhitga katta miqdorda zarar yetkazmoqda. Og’ir sanoat mahsulotlari va ularning chiqindilari nafaqat atrofdagi flora va fauna, balki hududda yashovchi aholi salomatligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatayotganligi hammaga ma’lum. Ushbu munosabatlardan kelib chiqadigan masalalarni hal qilishda xalqaro shartnomalar, davlatlarning o‘z milliy qonunchiligi, jamoatchilik nazorati hamda nodavlat ekologik tashkilotlarning hissasi kattadir. Xususan, “Greenpeace” – dunyoda ekologik muammolarni ochish va ularni bartaraf etishda sobitqadam bo‘lgan xalqaro nodavlat ekologik tashkilot. Ushbu tashkilotning umumiy vazifasi yer yuzidagi hayotni to‘liq rang-barangligida saqlab qolishdan iborat. Bunndan tashqari, maqolada boshqa ayrim ekologik tashkilotlar va ularning vazifalari, yer yuzi bo‘ylab amalga oshirayotgan ishlari hamda qancha qamrovni egallagani, kelajakda kutilayotgan natijalari hamda davlatlarning bosh qonunlarida ekologiya sohasiga oid moddalarini qiyoslash orqali unga bo‘lgan e’tibori qanchalik ekanligi keltirib o‘tilgan. Shuningdek, mamlakatimiz, O‘zbekiston Respublikasida ham arof-muhit muhofazasi, ekologik majburiyatlarni bajarishda davlat ishtiroki, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining roli va belgilab olgan yo‘nalishlari batafsil tahlil etilgan.

Article Details

How to Cite
Soyibnazarov Nurmuhammad Abdunazar o’g’li, & Quronboyeva Shohsanam Shuhrat qizi. (2022). MAMLAKATLARNING XALQARO EKOLOGIK MAJBURIYATLARINI BAJARISHLARIDA XALQARO NODAVLAT TASHKILOTLARNING ROLI. Uzbek Scholar Journal, 10, 230–235. Retrieved from https://uzbekscholar.com/index.php/uzs/article/view/369
Section
Articles