TA’LIM OLGANLIKNI TASHXIS ETISH
Main Article Content
Abstract
Dunyo bo‘ylab yangiliklar shiddat bilan o’sib borayotgan hozirgi davrda ta’lim tizimimizning ko’rsatayotgan natijalarini tahlil va tashxis etishimiz, shu o’rinda olingan natijalarga asoslanib kerakli o’zgartirish va qo’shimchalarni qo’shishimiz eng dolzarb vazifalarimiz qatoridan joy oladi. Shu bois ham o’qituvchi - o’qitish bilan bir vaqtda talabalarning, umuman olganda ta’lim oluvchilarning o’rgatilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda qo’llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak. Hisobga olish nima degani, bu - o’qitishning muayyan bir davrida o’quvchilar va o’qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalashni anglatadi. Hisobga olish natijasida o’qituvchi ham, talaba ham o’zlarining keyingi bajaradigan ishlari shaklini va mazmunini belgilab olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Masalan, o’zlashtirishni hisobga olish talabalarning bilish faoliyatini rag’batlantirgan holda, ma’lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o’zlashtirishni hisobga olish o’qituvchi faoliyatini ham chetlab o’tmaydi va uni tashkil etadi. Global davrda o’qitish metodlari va shakllarining tobora takomillashuvi natijasida, baho - o’qituvchining pedagogik mahorati ko’rsatkichiga aylanmoqda va o’qituvchining o’z malakasini oshirib borishida muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu maqolada ta’lim tizimida o’rganuvchilarning ta’lim olganlik darajalarini aniqlashda bizga kerak bo’ladigan bir necha nazariy bilimlar va ularning xususiyatlari to’g’risidagi fikrlar yoritib berilgan.
Article Details
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.