O ‘ZBEKISTON DON SANOATIDA RISKLARNI BOSHQARISH VA UNING STRATEGIYASINI RIVOJLANTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.71274/z4w9sk40Keywords:
bug‘doy, oziq-ovqat xavfsizligi, agrar risk, qurg‘oqchilik, tuproq sho‘rlanishi, ISO 31000, COSO ERM, O‘zbekiston, klaster, bug’doy importi.Abstract
Bug‘doy O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligining strategik mahsuloti hisoblanadi. FAO ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil g‘alla hosili o‘rtachadan yuqori darajada – 8,9 million tonna deb baholangan, jumladan 7,3 million tonna bug‘doy va taxminan 900 ming tonna makka [1]. Shunga qaramay, mamlakat yillik talabning qariyb 22% ini Qozog‘istondan import qilishda davom etmoqda [2]. Ushbu maqolada O‘zbekiston bug‘doychilik sanoatida uchraydigan asosiy risklar – iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchilik, suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, narx beqarorligi va davlat-bozor o‘zgarishlari, importga bog‘liqlik, agrotexnik va biotik xavflar – tizimli tahlil qilinadi. ISO 31000 va COSO ERM standardari asosida sektor uchun uch bosqichli risk-boshqaruv strategiyasi taklif etiladi. Tahlil natijalari Scopus ma’lumotlar bazasida indekslangan resurslarga, FAO GIEWS, Jahon banki, USDA FAS hamda O‘zbekiston Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanadi.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.



