JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHDA AMALDA PUSHAYMONLIK INSTITUTINING JINOIY-HUQUQIY TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.71274/n73gze82Keywords:
Jinoyat huquqi, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, amalda pushaymonlik, jinoyat subyekti, zarar, restorativ adolat.Abstract
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqida jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning muhim asoslaridan biri bo‘lgan amalda pushaymonlik institutining nazariy va amaliy mazmuni yoritiladi. Institutning huquqiy tabiati, qo‘llash shartlari, obyektiv va subyektiv belgilari, boshqa jinoiy-huquqiy institutlar bilan o‘zaro farqlari tahlil qilinadi. Sud-amaliy jarayonida uchraydigan asosiy muammolar ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar beriladi. Tadqiqot natijalari amalda pushaymonlik institutini takomillashtirish, uni jinoiy adliya tizimida insonparvarlik va restorativ adolat tamoyillarini ro‘yobga chiqaruvchi samarali mexanizmga aylantirish zarurligini ko‘rsatadi.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.



